Bosh sahifa Sport Abduqodir Husanov Osiyoning eng qimmat futbolchisi
Sport

Abduqodir Husanov Osiyoning eng qimmat futbolchisi

  • 03.06.2026 / 22:39
  • 1153
  • 0
111

 

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi o‘zbek futboli tarixida yangi sahifa ochdi va jahon futbolining nufuzli Transfermarkt portali talqiniga ko‘ra Osiyoning eng qimmat futbolchisi sifatida e’tirof etildi. Angliya Premer-ligasining 2025/2026 yilgi mavsum yakunlari bo‘yicha e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, «Manchester Siti» himoyachisi o‘z qiymatini 35 million yevrodan 50 million yevrogacha oshirishga muvaffaq bo‘ldi.

Yigirma ikki yoshli hamyurtimiz atigi bir mavsum ichida o‘z narxini 15 million yevroga o‘stirib, APLning eng ko‘p qimmatlashgan o‘n nafar futbolchisi ro‘yxatidan o‘rin egalladi. Bu ko‘rsatkich iste’dodli himoyachimizni APL markaziy himoyachilari reytingida 16-o‘ringa olib chiqdi va ayni damda uni 50 million yevrolik narx bilan Osiyoning eng qimmatbaho o‘yinchisi maqomiga ko‘tardi. Ushbu ro‘yxatda Eli Krupi 70 million yevro va Kobbi Maynu 70 million yevro kabi jahon futbolining yosh yulduzlari bilan birgalikda zikr etilishi o‘zbek futbol maktabining xalqaro maydondagi yuksak salohiyatini namoyish etadi.

Abduqodir Husanovning «Manchester Siti» safidagi 43 foizlik o‘sishni ko‘rsatgan barqaror va ishonchli o‘yini nafaqat klub muxlislari, balki xalqaro ekspertlarning ham yuqori bahosiga sazovor bo‘lmoqda. Himoyachimizning mehnatkashligi va professional yondashuvi bugungi kunda millionlab yosh sportchilarimizga katta motivatsiya berishi aniq. Ishonchimiz komilki, yurtimiz faxri bo‘lgan futbolchimiz kelgusida yanada yuksak dovonlarni zabt etib, vatanimiz bayrog‘ini jahon arenalarida yanada yuqoriga ko‘tarishda bardavom bo‘ladi.

Samandar Pardaboyev tayyorladi.

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar