Bosh sahifa O'zbekiston Alisher Qodirov: “Gap faqat g‘alabada emas...”
O'zbekiston
Nuqtayi nazar

Alisher Qodirov: “Gap faqat g‘alabada emas...”

  • 23.05.2026 / 13:26
  • 1185
  • 0
111

«Milliy»chilar yetakchisi Alisher Qodirov muvaffaqiyat ham, muvaffaqiyatsizlik ham bizni birdek sinovdan o‘tkazishiga urg‘u beribdi...
Chagayevni Valuyev bilan jangidan avval umid uchqunidan boshqa hech narsa yo‘q edi. Tongga yaqin erishilgan g‘alabadan menda katta ruhiy qalqish bo‘lgan, ertasiga shu o‘sishni atrofimdagi hammada ko‘rganman. Bu faqat Valuyevni ustidan g‘alaba emasdi, haqiqiy milliy tiklanish edi.Futbolchilarimiz mundialga ketishyapti. Futbolda individual mahorat kam, jamoani har bir a’zosida Chagayevdek ruh va ishonch bo‘lishi kerak. Yigitlarni ko‘zi yonib turibdi, jahon chempioni - Fabio qora mehnat va kurashni kafolatlayapti, albatta ishonamiz.Lekin bu musobaqada kattaroq narsa sinovdan o‘tadi: faqat g‘alabalarda barallamizmi yoki mushkullarni ham birga yengadigan matonatli xalqmizmi?

Bu ishtirokni o‘ziyoq milliy g‘alaba, unda natija esa milliy taraqqiyot yo‘lidagi katta muvaffaqiyat bo‘ladi. Bu maqsad uchun futbolchilarimiz mehnat qilishadi, iroda va bardoshlarini borini to‘kadilar, biz esa Vatanda, natija qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, bir xalq, mustahkam millat sifatida birligimizni isbotlashimiz kerak!

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar