Bosh sahifa O'zbekiston Sun’iy intellekt yaratish va undan foydalanish qoidalari belgilandi
O'zbekiston
Fan-texnika

Sun’iy intellekt yaratish va undan foydalanish qoidalari belgilandi

  • 16.03.2026 / 13:35
  • 107
  • 0
111

O‘zbekistonda sun’iy intellektdan foydalanish tartibiga yangi etika qoidalari joriy etildi. Ayrim sohalarda esa faqat algoritm xulosasiga tayanish taqiqlanmoqda. O‘zbekiston Adliya vazirligi sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy etish va ulardan foydalanish bo‘yicha etika qoidalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Hujjat 2026 yil 14 mart kuni 3787 raqami bilan ro‘yxatga olingan. Qoidalarga ko‘ra, sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishda bir qator asosiy tamoyillar belgilangan. Ular orasida qonuniylik, ochiqlik va shaffoflik, ma’lumotlar himoyasi, ishonchlilik hamda xavfsizlik kabi talablar bor.

Shuningdek, hujjatda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish ustuvor vazifa ekani ta’kidlanadi. Sun’iy intellektdan foydalanish jarayonida adolatlilikni ta’minlash va kamsitishga yul qo‘ymaslik ham asosiy tamoyillardan biri sifatida belgilangan.

Yana bir muhim jihat — mas’uliyat va nazorat masalasi. Qoidalarga muvofiq, sun’iy intellektdan foydalanish jarayonida qarorlar qabul qilish uchun inson nazorati saqlanib qolishi kerak.

Ba’zi cheklovlar

Yangi qoidalar ayrim qarorlarni qabul qilishda faqat sun’iy intellekt xulosasiga tayanishni taqiqlaydi. Xususan, inson huquq va erkinliklariga daxldor yuridik ahamiyatga ega qarorlar sun’iy intellekt tavsiyasigagina asoslanib qabul qilinishi mumkin emas.

Shuningdek, sog‘liqni saqlash sohasida ham shunday cheklov belgilangan. Masalan, kasallikni tashxislash, davolash usulini tanlash kabi qarorlar faqat algoritm natijasiga tayana olmaydi.

Ishtirokchilar majburiyati

Hujjatda sun’iy intellekt tizimlarini ishlab chiquvchi va joriy etuvchi ishtirokchilar uchun ham qator talablar belgilangan.Ularga ko‘ra, foydalanuvchilarga sun’iy intellektdan qanday maqsadlarda foydalanish mumkinligi yoki taqiqlanishi haqida ochiq ma’lumot berilishi kerak. Shu bilan birga, algoritm chiqaradigan yechimlar doim to‘g‘ri bo‘lmasligi haqida ham ogohlantirish talab etiladi.

 

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar