Bosh sahifa O'zbekiston Navro‘z va Ramazon hayiti hamohang nishonlanadi
O'zbekiston
Jamiyat

Navro‘z va Ramazon hayiti hamohang nishonlanadi

  • 10.03.2026 / 13:07
  • 36
  • 0
111

O‘zbekistonda Navro‘z ayyomi Ramazon hayiti bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan bayram tadbirlari yangicha mazmunda va ruhida tashkil etilishi ma’lum qilindi.

Davlatimiz rahbarining tegishli qarori bilan 2026-yilgi Navro‘z umumxalq bayramini o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi tasdiqlandi. 2026-yilgi tantanalar «Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir!», degan bosh g‘oya asosida tashkil etiladi. Dasturga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab keng qamrovli madaniy-ma’rifiy tadbirlar va xalq sayillari o‘tkazilishi belgilangan.

Bayramning Ramazon hayiti bilan hamohang kelishi mehr-oqibat tamoyillarini yanada kuchaytiradi. Shu munosabat bilan «Mehribonlik», «Saxovat» va «Muruvvat» uylarida istiqomat qilayotgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari holidan xabar olish ishlari tashkil etiladi.

Navro‘z arafasida «Yashil makon» loyihasi doirasida «Men ham ko‘chat ekaman» aksiyalari va umumxalq hasharlari o‘tkaziladi. Bu tadbirlar ekologik madaniyatni yuksaltirish va hududlarni ko‘kalamzorlashtirishga xizmat qiladi. Har bir mahallada mevali va manzarali daraxtlar ekilishi rejalashtirilgan.

Toshkent shahridagi «Yangi O‘zbekiston» majmuasida alohida dastur asosida bayram tadbiri bo‘lib o‘tadi.

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar