Bosh sahifa Sport "Manchester City"ni eng ko‘p o‘zbekistonliklar kuzatgan
Sport

"Manchester City"ni eng ko‘p o‘zbekistonliklar kuzatgan

  • 16.02.2026 / 15:29
  • 30
  • 0
111

Nufuzli Manchester Evening News nashri Abduqodir Husanovning "Manchester City" safidagi faoliyati klubning xalqaro ommalashuviga kuchli ta’sir ko‘rsatayotganini qayd etdi. Husanov bilan shartnoma imzolanganidan keyin klubning raqamli platformalarida faollik keskin oshdi. Ilk ikki haftadayoq “Sity”ning YouTube kanali eng ko‘p mamlakatimizda tomosha qilindi. 2024-2025-yillarda mavsum yakuniga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 26 milliondan oshdi va O‘zbekiston bu ko‘rsatkich bo‘yicha dunyoda 4-o‘ringa chiqdi. Shuningdek, klub sayti va ilovasidan foydalanuvchi o‘zbekistonliklar soni qariyb 1 millionga yetgan. So‘nggi ikki yilda davlatimizdagi fan-baza 500 foizga kengaygan va Toshkentda rasmiy muxlislar guruhi tashkil etilgan. Tijoriy jihatdan esa talab yanada o‘sgan: Husanov jamoaga qo‘shilgandan beri O‘zbekistondan o‘yinlarga VIP-sayohat paketlariga buyurtmalar 9 baravarga oshgan. Bu o‘zbekistonlik muxlislar nafaqat onlayn, balki Manchesterda ham jamoani qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini ko‘rsatmoqda.
M. Xolmurotov tayyorladi.

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar