Bosh sahifa Sport «Inter Mayami» eng qimmat klub
Sport

«Inter Mayami» eng qimmat klub

  • 12.02.2026 / 15:06
  • 38
  • 0
111

"Inter Mayami" tarixida ilk marta MLSning eng qimmat klubi deb topildi. "Sportico" nashri e’lon qilgan hisobotga ko‘ra, Lionel Messi to‘p surayotgan klubning umumiy qiymati 1,45 milliard dollarni tashkil etmoqda.

Ma’lum qilinishicha, "Mayami" o‘z qiymatini 22 foizga oshirib, so‘nggi to‘rt yil davomida reytingda birinchi o‘rinni egallab kelgan "Los-Anjeles"ni (1,4 mlrd dollar) ortda qoldirdi.
Hisobotda ta’kidlanishicha, hozirda MLSda beshta klub qiymati 1 milliard dollardan oshgan. Ilk beshlikdan shuningdek "Los-Anjeles Gelaksi", "Atlanta" va "Nyu-York Siti" jamoalari  o‘rin olgan.
MLSdagi 30 ta klubning o‘rtacha qiymati 767 million dollarga teng bo‘lib, bu o‘tgan yilga nisbatan 6 foizga, "Sportico" tomonidan 2021 yilda berilgan ilk bahoga nisbatan esa 39 foizga yuqori. Hisobotga ko‘ra, MLS klublarining umumiy qiymati 23 milliard dollarga yetgan.
Shu bilan birga, o‘sishga qaramasdan, MLS klublari hali ham NFL, NBA, MLB va NXL jamoalari qiymati bilan solishtirganda ancha ortda qolmoqda.


Mirzabek Xolmurotov tayyorladi.

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar